Kvaratsxeliya PSJ tarkibidagi debyuti haqida gapirdi

Alisher
26 yanv 2025
PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Reyms" (1:1)ga qarshi Fransiya chempionati 19-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi, ammo yutishimiz mumkin edi. Olg'a bosish, ishlash kerak va shunda yaxshi natijalar keladi. Bir necha bor gol urishimiz mumkin edi, ammo buni qilmadik. Aynan shu sabab yuta olmadik deb o'ylayman", - dedi Kvaratsxeliya.

Kvaratsxeliya parijliklar tarkibida debyutida assist qayd etdi va 83-daqiqada almashtirildi.


AlisherMuallif
Manba: DAZN