Anchelotti "Real"da yana bir yil qoladi, u "Lester" va "Reyms"ning taklifini qabul qilmadi

Alisher
9 iyun 2024, 01:26
Davide Anchelotti "Real"da qoladi.

"Real" murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va yordamchisi Yevropada bosh murabbiylikka bir necha takliflari bo'lishiga qaramay, Madrid klubida yana bir yil ishlashni rejalashtirmoqda.

34 yoshli Davide Anchelottida "Reyms" va "Lester"dan taklif bor. Ikki klub ham Davideni yangi loyihalarida ko'rishmoqda.

Ammo, italyan hozirda "Real"da yana bir yil qolmoqchi. U ehtimoliy takliflarga eshik yopmay va potencial nomzodlar bilan uchrashuvlarni istisno etmagan holda Karlo bilan birga "Santyago Bernabeu"dagi faoliyatini yakunlamoqchi, so'ngra u to'g'ri keladigan klubda bosh murabbiy bo'lmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: Relevo