"Metallurg"ni kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

admin
11 avg 2026, 16:50
Xabaringiz bor, bugun "Metallurg" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Shu paytgacha jamoani boshqarib kelayotgan Ilhom Mo'minjonov o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi.

1.jpg

Bizga ma'lum bo'lishicha, jamoani oldindagi uchrashuvlarda vaqtincha Ilyos Qurbonov boshqaradi. Unga ayni paytdagi mutaxassislar Zohid Abdullaev, Akmal Ortiqov, Andrey Shumara yordam berishda davom etadi. Ilyos Qurbonov "Metallurg" uchun begona emas, u 2024 yilgi mavsum oxirida jamoani boshqargan va Superligada olib qolgan edi. Bungacha u Ilhom Mo'minjonovning shtabida ishlab kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, bekobodliklar Proligada navbatdagi uchrashuvini 15 avgust kuni mehmonda Respublika FAga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia