

Xabaringiz bor, Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Metallurg" bu yil Pro ligada ishtirok etadi. Jamoa kecha Toshkentda jamlandi va ilk mashg'ulotlarni Toshkent viloyatidagi "Ahmad Yassaviy" stadionida olib bordi.
Tarkibda Jasur Hakimov, Behruz Shodmonov, Muzaffar Mo'minov, Javohir Abdujabborov, Muhammadsafo Fozilov, Ibrohim Numonov, Sardor Sadullaev kabi futbolchilar shug'ullanmoqda.
Mazkur yig'in 7 fevralgacha davom etadi. Shundan so'ng futbolchilarga qisqa tatil beriladi va tayyorgarlikning ikkinchi qismiga start beriladi.



