"Metallurg" - AGMK uchrashuvida jamoalar 45 daqiqa futbol o'ynashdi

Alisher
8 mar 2022
O'zbekiston Superligasi 1-tur doirasidagi "Metallurg" - AGMK uchrashuvidan qiziq bir fakt.

AGMK tahlil guruhi hisob-kitoblariga ko'ra, birinchi taymda toza o'yin vaqti 23:48 daqiqani tashkil etgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda toza o'yin vaqti atigi 21:17 daqiqa bo'lgan.

Umumiy hisobda esa butun uchrashuvning toza vaqti 45 daqiqani tashkil qilgan. Yani, uchrashuvning teng yarmida jamoalar faol futbol o'ynashgan xolos.

Qayd etish kerakki, birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berilgan, ikkinchi bo'limga esa 4 daqiqa qo'shilgan.


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати