Messidan rekord, biroq salbiy

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2026, 21:47
Lionel Messi bir jahon chempionatida ikkita penaltidan foydalana olmagan birinchi futbolchiga aylandi.

U joriy turnirda Avstriya va Misr darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi.

Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalida Misrga qarshi kechayotgan uchrashuvda (0:1, birinchi bo'lim) 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Argentinalik yulduz bu turnirdagi ikkinchi penaltisidan ham foydalana olmadi – Avstriya bilan o'yinda (2:0) ham u penaltidan foydalana olmagan edi.

Messi tarixda bir jahon chempionatida ikkita penaltidan gol ura olmagan birinchi futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta