

Lionel Messi xalqaro toifadagi titullarini uchtaga (Kopa Amerika-2021, Finalissima-2022, JCH-2022) etkazib, bu borada Argentinada Diego Maradonani (2 ta tiul: JCH-1986, Finalissima-1993) ortda qoldirdi.
Messi yirik (JCH va Kopa Amerika) musobaqalardagi gollari sonini 26 taga etkazib, braziliyalik Ronaldoning natijasini yaxshiladi – 25 gol.
Shu bilan birga, 35 yoshli forvard mundial finalida 2 bor (2014, 2022) eng yaxshi futbolchi deb topilgan ilk o'yinchiga aylandi. Messi bir turnir davomida “man of the match” sovrinini besh bor qo'lga kiritgan birinchi futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.



