Messi, ter Shtegen va Koutino "Barselona"ning CHL doirasidagi "Ferencvarosh"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
1 dek 2020, 18:47
"Barselona" CHL guruh bosqich 5-tur doirasidagi "Ferencvarosh"ga qarshi o'yinda bir necha asosiy tarkib o'yinchilarisiz ishtirok etadi.

O'yinni darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, yarim himoyachi Filippe Koutino va jamoa sardori hujumchi Lionel Messi o'tkazib yuboradi.

Ushbu qarorni Ronald Kuman qabul qildi va ushbu o'yinchilarga dam berishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, "Ferencvarosh" - "Barselona" o'yini ertaga Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es