Messi Liga 1'ning xorijlik eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2023
Lionel Messi Fransiya chempionatining ortda qolgan mavsumi yakunlariga ko'ra, sovrinni qabul qilib oldi.

PSJ safida harakat qilgan argentinalik chempionatning xorijlik eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga ham Messining nomzodi ko'rsatilgan edi, biroq bu yo'nalishda u Kilian Mbappedan ortda qoldi. Takidlash lozim, fransiyalik futbolchi qatorasiga 4-marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

O'tgan mavsum Lionel chempionatning 32 o'yinida 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma etkazib berdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano