Messi jarima zarbasidan urilgan gollar bo'yicha braziliyalik darvozabon bilan tenglashdi. Oldinda esa 7 futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
20 fev 2023, 09:35
Fransiya chempionati doirasida o'tgan “Lill”ga (4:3) qarshi dramatik bahsda PSJ a'zosi Lionel Messi 90+4-daqiqada jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirib, jamoasiga irodali g'alaba keltirdi.

Bu Messi uchun professional faoliyatida jarima zarbasidan urilgan 61-gol bo'ldi va u bu borada eng yaxshilar ro'yxatida 8-o'rindagi braziliyalik golurar darvozabon Rojerio Seni bilan tenglashib oldi.

Ulardan oldinda esa quyidagi o'yinchilar bor:

1. Junino Pernambukano – 77;

2. Pele – 70;

3-4. Viktor Legrotale – 66;

3-4. Ronaldinyo – 66;

5. Devid Bekxem – 65;

6-7. Diego Maradona – 62;

6-7. Ziko – 62.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia