

Avvaliga terma safiga kiritilgan ikkala o'yinchi ham bosh murabbiy Alexandro Sabelyaning qaroriga asosan jamoa ro'yxatidan chiqarilgan.
Maskerano va Messi Barselonada qolib, klubning tibbiy guruhi bilan jarohatlarini tuzatish ustida ish olib borishadi.
Ta'kidlab o'tamiz “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguain ham jarohati tufayli argentinaliklarga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati-2014 musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.



