Messi – FourFourTwo talqinida tarixdagi eng yaxshi futbolchi, Ronaldu 4-o'rinda

Sherzod Nurmatov
7 fev 2025, 14:14
FourFourTwo sayti barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Birinchi o'rin "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pele ikkinchi, argentinalik Diego Maradona uchinchi o'rinni egalladi.

Kuchli o'nlikka, shuningdek, Krishtianu Ronaldu ("Al Nassr"), Yoxan Kroyff, Ronaldo, Zinedin Zidan, Franc Bekkenbauer, Alfredo Di Stefano va Marko van Basten kirgan.

Moskvaning "Dinamo"si va SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Lev Yashin 26-o'rinni band etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FourFourTwo