

1986 yilgi jahon chempionatining chorak finalida Angliya va Argentina o'rtasidagi bahsda foydalanilgan to'pning taxminiy bahosi 2,5 million funtdan 3 million funtgacha baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinda Argentina inglizlarni 2:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l olgandi. Dastlabki golni qo'l bilan urgan Maradona, ikkinchisida dribling evaziga 4-5 raqibni ortda qoldirib, raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.
Shu bilan birga, Maradona birinchi golni shunday izohlagandi: "Bu mening emas, Xudoning qo'llari".



