Mertens 2023 yilga qadar "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Alisher
27 apr 2022
Dris Mertens "Napoli" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Tomonlar 2023 yilga qadar mo'ljallanadigan yangi kelishuv borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Belgiyalik jamoada qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi. U hozirda 4,5 mln evro maosh olmoqda, yana 1 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

O'yinchining yangi kelishuvga ko'ra maoshi 1,5 mln evroni tashkil etadi. Futbolchi faoliyatini Neapol klubida yakunlashni orzu qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira