

"Albatta, yetib olish mumkin. Bo'lmasa sovrinni hozirdanoq "Liverpul"ga topshirganimiz yaxshiroq. Ohirigacha kurashamiz, keyinchalik nima bo'lishini ko'ramiz.
"Lester" - ajoyib jamoa. Ularga qarshi kurashish qiyin bo'ladi. "Lester" tarkibida yuqori saviyali futbolchilar juda ko'p. Yaxshi odimlayotgan jamoani mag'lub etish bizga yuqori kayfiyat taqdim qildi.
APLning qolgan barcha o'yinlarida 3 ochko olish shart. Asosiysi quyiga tushib ketmaslik.
O'tgan mavsumning shu pallasiga qadar ham ko'plab ochkolarni yo'qotgandik. Bu mavsumda biz oldingisidan ko'ra extiyokorroqmiz. Umid qilamanki, mavsumning qolgan qismida o'zimizni ko'rsata olamiz", - dedi Mendi.



