"Men uchun Lamin Yamal - 2024 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024, 18:46
Mashhur agent Jorje Mendesh Lamin Yamalni 2024 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi deb hisoblaydi.

"Haqiqat shuki, Lamin ortda qolayotgan yilni juda ajoyib o'tkazdi. Men va boshqa ko'pchilik uchun u 2024 yilning eng zo'r futbolchisi bo'ldi. Ham "Barselona"dagi, ham Ispaniya terma jamoasidagi o'yinlari o'laroq shunday.

Lamin boshqa o'yinchilardan ajralib turadi. U kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishi lozimligini biladi. U muvozanatlarni biladigan yigit. O'ylashimcha, u uzoq yillar eng yuqorida bo'lishga tayyor", - dedi o'yinchining agenti Mendesh.


Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum LaLiganing  o'yinida 10 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com