Meksika bosh murabbiyi: Raqibimiz Yevropa chempioni edi, demak biz yaxshi o'yin ko'rsatibmiz

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2017, 01:05
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio Konfederatsiyalar kubogi 1-turidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.

- FIFA saytiga ko'ra biz to'p bilan 60 foiz muomala qilibmiz. Raqibimiz Yevropa chempioni edi, demak biz yaxshi o'yin ko'rsatibmiz.

4-3-3 taktikasida o'ynadik, raqib ham, ular uchrashuv oxirida bu sxemani o'zgartirdi, biz esa rejamizni bajara oldik.

Portugaliyaning barcha hujumchilari juda kuchli. Ular faqat 34 daqiqadan keyin hisobni ochishganidan xayron bo'ldim.

Qozon-Arena ajoyib stadion ekan! Muhit g'aroyib edi. Rossiyaga mana shu stadion uchun rahmat aytaman, – deydi Osorio.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru