Mbappe: “Messining yo'lidan borishga kechikdim, endi Ronaldudan ilhomlanishim kerak”

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2020, 19:45
PSJ forvardi Kilian Mbappe “Barselona” sardori Lionel Messiga o'xshash uchun kech qolganini va hozirda "Yuventus"da o'ynayotgan Krishtianu Ronalduning yo'lidan yurmoqchiligini aytdi.

“Messi kabi faoliyatimni davom ettirish uchun juda kechikdim. Buning uchun “Monako”da qolishim zarur edi. Messining sodiqligini kamsitmoqchi emasman ammo endi Ronaldudan ilhom olishim kerak bo'ladi”, – deydi Mbappe.

Avvalroq, Mbappe Krishtianuni yoshligidagi kumirlaridan biri bo'lganini aytgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport