Mbappe Liga 1 tartib-intizom qo'mitasiga PSJ haligacha undan qarzdorligini aytdi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2024
"Radio France" xabariga ko'ra, Mbappe Liga 1 Tartib-intizom qo'mitasiga PSJ hamon unga 55 mln evro to'lamagani haqida aytib berdi.

Forvard bungacha sudda ikki marta yutib chiqqandi.

Qo'mita klubni Mbappega yuqoridagi summani to'lashga majburlay olmaydi, biroq parijliklar bilan bog'lanib, ularga nisbatan mumkin bo'lgan sankciyalarni eslatishi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Fransiya professional futbol ligasi PSJga futbolchiga 55 mln evro to'lashni buyurgan, biroq klub rad qilib, ish yuzasidan apellyaciya bergan edi. Parij klubining qarzi to'lanmagan maosh bilan bir qatorda bonuslarni ham o'z ichiga oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Radio France