Mbappe Fransiya terma jamoasida gol urish bo'yicha 10-o'ringa chiqib oldi

Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2022, 08:29
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida kuchli o'nlikka kirib oldi.

Fransiyaning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Mbappe 28 ta gol bilan Yuriy Jorkaeff bilan birgalikda 10-o'ringa joylashgan. Mbappe terma jamoada hozircha 58 ta o'yin o'tkazgan. Jorkaeff esa 82 ta o'yinda fransiyaliklar sharafini himoya qilgan. 

Fransiya terma jamoasida gol urish bo'yicha Terri Anri (51 ta gol) rekordchi hisoblanadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta