Mbappe Chempionlar Ligasida 70 ta o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
11 apr 2024, 15:21
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi bahsda (2:3) o'ziga xos rekord o'rnatdi.

Fransiyalik sportchi Chempionlar Ligasida kamida 70 ta o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Mbappe bu natijaga 25 yosh va 112 kunligida erishdi. Bu borada u Lionel Messi (25 yosh va 121 kun) hamda Raulni (25 yosh va 125 kunlik) ortda qoldirdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Stats Foot