

“Tomas Tuxel jamoasi ustun ko'rinayotgan o'yinni kutmoqdamiz. Uning jamoasi mehmonda gol urdi va o'z maydonida gol o'tkazmaslik uchun barcha narsani qiladi. Oxirgi haftalarda nostabil o'ynayotgan Madrid mudofaasini buzish uchun ularda imkoniyat bo'lishi mumkin.
O'ylashimcha, “Chelsi” ishtirokini davom ettiradi va biz so'nggi uch yil ichida ikkinchi marotaba Chempionlar Ligasida inglizcha finalni kuzatamiz”, deydi Ouen.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil YCHL finalida “Liverpul” va “Tottenxem” bahs olib borgan. Mazkur o'yinda Yurgen Klopp shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchib, bosh sovrin egasiga aylangandi.



