Maykl Kerrik MYU va "Liverpul" o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi

1 may 2026, 22:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik mankunianliklar va "Liverpul" o'rtasidagi katta raqobat haqida gapirdi.

Jamoalar APLning 35-turi doirasida o'zaro uchrashuv o'tkazishadi.

"Bu men uchun eng sevimli uchrashuvlarimdan biri bo'lgan. Shak-shubhasiz, bu juda katta o'yin.

Albatta, bizda boshqa jamoalar ishtirokidagi katta bahslar ham bor, biroq ularning orasida aynan shunisi eng ajralib turadi. Jamoalarning tarixi, o'sish va pasayish, o'tmishdagi ishlar bu bahsga katta hissiyotlar beradi.

Albatta, biz bu bahs haqida o'ylayapmiz. Miyaga keladigan ilk narsa - jamoalarning qaysi o'rindaligidan qatiy nazar katta kurash kechishi. Bunday hissiyotlarni almashtirib bo'lmaydi. Bu uchrashuvning qadri qanday ekanligini yaxshi bilaman", - dedi Kerrik.


Manba: championat.asia