Bernardu Silvaning yangi jamoasi 80 foizga aniq bo'ldi

2 may 2026, 09:50
"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan kelishuvga erishdi.

"Shaharliklar" sardorining katalon klubiga o'tishi 80% ga hal bo'lgan. Bu haqda Barca Universal Mikel Blaskesning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'z maoshini Angliyadagiga nisbatan taxminan 60% ga kamaytirishga tayyor.

Bernardu bilan shartnoma imzolash haqidagi yakuniy qarorni "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qabul qiladi.

31 yoshli futbolchi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 5 ta assist bor.


Manba: Barca Universal