Maykl Antonio APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 20:41
"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio Premer-ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

31 yoshli yamaykalik forvard o'tgan oyda 3 o'yinda 4 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sovrin uchun Antonioga uning jamoadoshi Said Benrama, "Chelsi"dan Markos Alonso, "Tottenxem" futbolchisi Erik Dayer, "Everton" a'zosi Demaray Grey va "Manchester Yunayted" o'yinchisi Meyson Grinvud da'vogarlik qilishdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premierleague.com