Maydonda sosiska pishirishganini ko'rganmisiz? Argentina oliy ligasida buning iloji bor

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2019, 16:16
Argentina oliy ligasida ishtirok etuvchi "Atletiko Tukuman"ning uy stadionida futbol tomosha qilish bilan birga maydonning o'zida pishirilgan sosiskalarni tanovul qilish mumkin.

"Atletiko Tukuman" hamda "Ximnasiya La-Plata" o'rtasidagi Argentina oliy ligasi o'yinida teleoperatorlar maydon chetida sosiska va kotletlar pishirayotgan, fartugida "Atletiko" gerbi bo'lgan oshpaz ayolni ko'rsata boshlashdi.

Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, "Joze Fierro nomidagi mahalliy stadion"da zerikmasligingiz aniq.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru