Mavsumning eng yaxshi darvozabonlari reytingi tuzildi. APL va Liga 1 vakillari yetakchilik yetakchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
20 may 2025
WhoScored tahliliy portaliga ko'ra Jorje Petrovich ("Strasbur") va Mark Flekken ("Brentford") Yevropa top-5 ligasidagi eng yaxshi darvozabonlar deb topildi.

Har ikki futbolchi joriy mavsumdagi o'yinlari uchun 6,99 ball oldi.

Kuchli uchlikni "Torino" darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich yakunlab berdi. Uning ko'rsatkichi – 6,95 ball.

Top-5likka "Oser" darvozaboni Donoval Leon (6,94) va "Espanol" posboni Xoan Garsiya (6,91) kirdi.

Reyting yetakchilaridan biri bo'lgan Petrovich "Chelsi" futbolchisi hisoblanadi. U "Strasbur"da ijara asosida o'ynaydi. 25 yoshli darvozabonning o'yinlarini inobatga olsak, u London klubida birinchi raqamli maqom uchun kurash olib borishi ehtimoli yuqori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WhoScored