Ko'zim ko'r, qulog'im kar! Darvozabon suv ichayotib gol o'tkazib yubordi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
25 fev 2018
"Duysburg" darvozaboni Mark Flekken "Ingolshtadt"ga qarshi ikkinchi Bundesliga o'yinida (2:1) hayratlanarli gol qo'yib yubordi.

U o'z jamoasining pozicion hujumi paytida darvozasi ichidagi idishdan suv ichib olishga qaror qildi. Bu vaqt ichida "Ingolshtadt" futbolchilari qarshi hujum amalga oshirishdi. Raqibga halaqit qilish maqsadida "Duysburg" himoyachisi to'pni maydonga qaramay, suv ichayotgan darvozabonga tashladi.

"Ingolshtadt" hujumchisi Shtefan Kuchke to'pga himoyachilardan oldinroq borib, darvozaga gol urdi.

TAS-IX



Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia