Mauro Tassotti: "Balotelli hakam bilan gaplashganida chegaradan chiqib ketdi"

Tolibjon Qosimov
24 sen 2013, 16:40
"Milan" bosh murabbiyi yordamchisi Mauro Tassotti Mario Balotellining "Napoli"ga qarshi o'yin nihoyasiga etganidan so'ng olgan qizil kartochkasi haqida to'xtalib o'tdi.
"O'yin tugaganidan keyin hech narsaning ahamiyati qolmaydi. Final xushtagi chalinganidan so'ng hech narsani o'zgartira olmaysan".

"Balotelli hakam bilan tortishib ketgan vaziyatda men ham o'sha yerda edim. Jamoa sardori ham bor edi. Bu holatdan keyin biz, futbolchilar hakamlar bilan o'zlarini qanday tutishlarini o'rganishlari lozim degan xulosaga keldik. Hakamga savollar berish mumkin. Lekin baxsda chuqurlashib kyetish kerakmas. Balotelli o'sha vaziyatda shu chegaradan chiqib ketdi va u nohaq edi".

Eslatib o'tamiz, ushbu vaziyatdan so'ng Balotelli Italiya A Seriyasi tartib-intizom qo'mitasi tomonidan uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru