Maurisio Pochettino: "Chelsi" bilan Angliya Kubogi, Liga kubogi va APL g'olibi bo'lmoqchiman"

Mirjalol Normatov
29 avg 2023
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi bilan barcha sovrinlarni yutmoqchi.

- Evrokuboklarda qatnashmayotgan jamoa uchun Angliya Liga Kubogi sovrini qanchalik e'tiborli?

- "Chelsi" uchun barcha sovrinlar ahamiyatli. Tarkibda ko'plab jarohatlar borligi sababli ishlarimiz unchalik yaxshi emas.

- "Tottenxem"daligingizda faqatgina APL va YCHL g'olibligi muhimligini aytgandingiz.

- Bir xatoni takrorlashni istamayman. Chunki bu keyinchalik butun bir hayotim davomida taqib qilib boradi. Jamoa bilan Angliya Kubogi, Liga kubogi va APL g'olibi bo'lmoqchiman. Ko'ramiz, hayot qanday davom etarkin. "Tottenxem"daligimda bunday gapni aytganimni eslolmayman, - dedi Pochettino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football.London