Mattias Zammer: Balki Bavariya yana bir nechta transferlarni amalga oshirar

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 20:40
Bavariya sport direktori Mattias Zammer klub yozgi transfer bozori vaqtida yana kuchayishi mumkinligini ma'lum qildi.
Transfer oynasi hali yopilgani yo'q. Bu vaziyatga oddiy qarash kerak. Balki, hech kimni sotib olmasmiz, balki bir nechta futbolchilar kelishar.

Tarkibimizda kuchli futbolchilar ko'p. Ammo Bavariya JCH-2006 va JCH-2010dan so'ng Germaniya chempioni bo'la olmagan, – deydi Zammer.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi Dortmundning Borussiya klubi yarim himoyachisi Marko Roys va Fiorentina yarim himoyachiis Xuan Kuadradoga qiziqmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru