Matich: "VAR tizimi yoqmoqda, ammo qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish kerak"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 13:35
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich videotakrorlar tizimiga bo'lgan munosabatini aytib berdi.

"Menga VAR yoqmoqda. U futbolga foyda keltiradi deb o'ylayman, ammo tizim tezroq ishlashini istayman. Maydonda ikki daqiqa kutish - juda ko'p. Hakamlar buni 30 soniya ichida bajarishsa yaxshi bo'lardi" - deydi Matich.

"Xaddersfild" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya Kubogi bahsida (0:2) hakam VAR tizimidan foydalandi va Mataning golini hisobga olmay, xato qaror qabul qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal