Masud Shojai Yevropaga qaytmoqda

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2016
Eron terma jamoasi va Qatarning "Al-Garafa" klubi yarim himoyachisi Masud Shojai faoliyatini Gretsiya Super ligasida davom ettiradi.

Ispaniya chempionatining "Osasuna" va "Las-Palmas" klublarida to'p tepgan Shojai Gretsiyaning "Panionios" klubi bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzoladi. Bu klubda Masudning Eron terma jamoasidagi do'sti Karim Ansarifard to'p tepadi.

"Panionios" Gretsiya Super ligasining oxirgi mavsumida 44 ochko bilan 5-o'rinni egallagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Persian Football