Marushichning dubli "Neftchi"ga Gruziya jamoasi ustidan g'alaba keltirdi. Uchrashuvda o'zbekistonlik hakamlar va VAR ishladi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025, 19:18
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Antaliya yig'ini doirasida navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Vitaliy Levchenko shogirdlarining bu galgi raqibi Gruziyaning "Kolxeti-1913" klubi bo'ldi. Unda farg'onaliklar Marushichning ikkita goli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Hisob bundan ham yirik ko'rinish olishi mumkin edi, biroq 85-daqiqada Jamshid Iskanderov ijrosidagi penaltini raqib posboni bartaraf etdi.

E'tiborlisi, uchrashuvni o'zbekistonlik hakam Akobirxo'ja Shukurullaev boshqarib bordi. Shuningdek, VAR tizimi ham ishlatildi.

"Neftchi" – "Kolxeti-1913" (Gruziya) 2:1

Gollar: Zoran Marushich 63', 74'

Gol urilmagan penalti: Jamshid Iskanderov 85' (darvozabon)

"Neftchi": 1.Botirali  Ergashev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 3.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 66.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 27.Ikrom Aliboev, 11.Jamshid Iskanderov, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 22.Toma Tabatadze.

Zaxiradan tushganlar: G'ulomhaydar Gulyamov, Zoran Marushich, Yovan Jokich, Bobir Abdixoliqov, Shohruh Gadoev, Muhammadali G'iyosov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати