Marselo Modrichga: "O'zing xato qilmaysanmi?"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017
"Jirona" hamda "Real" o'rtasidagi LaLiganing 10-tur uchrashuvida (1:2) himoyachi Marselo va yarim himoyachi Luka Modrich o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Xorvatiyalik futbolchi braziliyalikning harakatlaridan ko'ngli to'lmadi va bir vaziyatda unga etiroz bildirdi. Marselo bunga quyidagicha javob qaytardi: "Men yomon o'ynadim deb aytdingmi. O'zing xato qilmaysanmi?"

Zinedin Zidan shogirdlari 1:0 hisobida oldinda borishayotgan edi, biroq keyinroq ikkita gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan chiqarishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cuatro