"Marsel" va "Manchester Yunayted" Grinvudning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
10 iyul 2024
"Manchester Yunayted" Meyson Grinvudni "Marsel"ga sotishga tayyor.

Jurnalist David Ornsteyn xabariga ko'ra, klublar 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha 27,6+4 million evroga teng kelishuvga erishgan. Bunda "Manchester Yunayted" futbolchining keyingi sotuvidan sezilarli ulush oladi.

Ayni paytda kelishuv hali yakunlangani yo'q, barchasi Grinvudning qaroriga bog'liq.

2023/24 yilgi mavsum Grinvud "Xetafe"da ijara asosida o'ynadi va La Liganing 33 o'yinida 8 gol urib, 6 golga assistentlik qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/David_Ornstein