“Marsel” muxlislari tomonidan toshbo'ron qilingan “Lion” avtobusi sababli “Marsel” va “Lion” uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirildi

Nozimov Nig'monxo'ja
30 okt 2023
Kecha Fransiya chempionatidan o'rin olgan “Marsel” va “Lion” uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim edi.

 Biroq mezbon jamoa muxlislari “Lion” avtobusiga hujum qilishi natijasida jamoa bosh murabbiyi Fabio Grossoga shisha parchalari tegib, jarohat oldi. Shuningdek, yordamchi murabbiy ko'zidan jiddiy jarohat olgan. 

Hozircha uchrashuv noma'lum muddatga qoldirildi. Biroq “Marsel” muxlislarining ushbu harakati uchun katta miqdorda jarima to'lashi va 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyatni qabul qilib olishi mumkin.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com