Marotta Hakimining PSJga o'tayotganini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2021
"Inter" bosh direktori Beppe Marotta himoyachi Ashraf Hakimining PSJga o'tayotganini tasdiqladi.

"Ishlar so'nggi bosqichda. Yana bir qancha rasmiylashtirish ishlari qoldi. Buni bir kunning o'zida yakunlaymiz.

Albatta, bu biz uchun og'riqli holat. Ammo men shunday qiyin vaqtda klubning moliyaviy holatini o'ylashga majbur bo'lyapman.

Hakimining ishlaridan keyin biz engil nafas olishimiz mumkin bo'ladi. Umid qilamanki, biz boshqa muhim futbolchilarimizni sotib yubormaymiz", - dedi Marotta.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi uchun PSJ 60 mln evro to'laydi, shuningdek, yana 10 mln evro bonuslar sifatida vada qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal