Markos Alonso hamda Jorjino “Bavariya”ga qarshi javob o'yinida “Chelsi”ga yordam bera olmaydi

26 fev 2020, 09:41
“Chelsi” YCHL 1/8 finali ilk bellashuvida “Bavariya”ga 0:3 hisobida engildi.

Uchrashuvda “aristokratlar” himoyachisi Markos Alonso qizil kartochka oldi. Shuningdek, Jorjino sariq kartochka bilan jazolandi. Bu italiyalik yarim himoyachi uchun joriy mavsum YCHLdagi uchinchi ogohlantirish bo'ldi. Shu tariqa ikkala futbolchi ham 18 mart kuni Myunxenda kechadigan javob o'yinida “Chelsi”ga yordam bera olmaydigan bo'ldi.


Manba: Championat.asia