Marko Stanoevich: "OCHLga yaxshi kayfiyatda yo'l olish uchun bugun g'alaba qozonishga astoydil harakat qildik"

Narzulla Saydullayev
2 apr 2022
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Marko Stanoevich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini oldindan bilgandik. "Lokomotiv" yaxshi jamoa. Murabbiy bizdan kutgan o'yinni ko'rsatishga intildik. OCHLga yaxshi kayfiyatda yo'l olish uchun bugun g'alaba qozonishga astoydil harakat qildik. Osiyo Chempionlar Ligasidagi barcha jamoalar juda kuchli hisoblanadi. Ammo biz bunga tayyormiz. Yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz", -deydi Marko Stanoevich.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia