Markinos "Real"ga qarshi o'yindan oldin Messi haqida: "Buyuk o'yinchidan buyuk o'yin kutamiz"

Alisher
15 fev 2022
PSJ himoyachisi Markinos "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi o'yindan kutayotganlari haqida gapirdi.

"Buyuk, hal qiluvchi, samarali bo'ladigan va jamoaning g'alabasiga yordam beradigan o'yinchini ko'rishga umid qilaman. 

Barchamiz Messidek buyuk o'yinchi buyuk o'yinni o'tkazishiga umid qilamiz. Biz uning qatiyatiga yordam beramiz.

U hayotida ko'p o'zgarishlarni boshdan kechirgan. Hozirda u xotirjam, Fransiya, Liga 1, PSJga ko'nikmoqda... Umid qilamanki, u ajoyib o'yin o'tkazadi", - deydi Markinos.


AlisherMuallif
Manba: UOL Esporte