Markinos dunyoning eng kuchli futbolchisi kimligini aytdi, bu Messi yoki Neymar emas

Sherzod Nurmatov
6 mar 2022, 19:07
PSJ himoyachisi Markinos jamoa hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

"Biz Mbappening maydonda nima qilayotganini ko'rib turibmiz, uning jamoadagi o'rni qanchalik muhimligini bilamiz. U gollar uradi, o'yinlar natijasini hal qiladi... Bizga shunday futbolchilar kerak. U mashg'ulotlarda astoydil mehnat qiladi. Bunday kuchli o'yinchini kamdan-kam ko'rasiz. U hozirda dunyodagi eng yaxshi futbolchimi? Menimcha, ha", – dedi Markinos.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va klub hali uni uzaytirish bo'yicha kelisha olmadi.

23 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsumda 34 o'yinda 24 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport