Markaziy Osiyo. Qozog'istonda kubok yarim finali o'tkaziladi, "Istiqlol" 3-o'ringa ko'tarildi, "Arkadag'" esa eng yaqin taqibchisidan 11 ochko ilgarilab ketdi

Оқил Абдубарноев
25 iyun 2025
Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 13-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Qayrat – Qiziljar – 1:0

Jenis – Atirau – 2:0

Tobil – Jetisu – 2:1

Elimay – Turan – 2:1

Oqjetpes – Ordabasi – 0:1

Qaysar – Ulitau – 1:1

Aqtobe – Astana – 0:1

Turnir jadvalida Astana yetakchilik qilmoqda, Qayrat eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi.

14-tur o'yinlari 28–29 iyun kunlari o'tkaziladi:

Ulitau – Jetisu

Atirau – Oqjetpes

Turan – Aqtobe

Tobil – Jenis

Qaysar – Elimay

Ordabasi – Qayrat

Astana – Qiziljar.

Shuningdek, bugun Qozog'iston kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi, ushbu bosqichda Qiziljar Ordabasini qabul qilsa, Jenis Tobil mehmoni bo'ladi.

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikistonda 13-tur o'yinlari davom etmoqda. 20 iyun kuni start olgan tur o'yinlari 28 iyun kuni nihoyasiga etadi. Istiqlol mazkur turda Regar TadAZ maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Turnir jadvalida KMVA va Vaxsh 27 ochkodan to'plagan holda yetakchilik qilmoqda. Istiqlol bitta kam o'yin o'tkazgan holda 3-o'rinda bormoqda.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzohid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shMU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasida 13-tur o'yinlari yakunlandi. Muras Yunayted turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, Alay eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi. 

To'purarlar jadvalida birato'la uch nafar futbolchi 7 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.

TURKMANISTON

O'tgan hafta Turkmaniston chempionati 9-turi doirasidagi qoldirilgan o'yini bo'lib o'tdi. Unda Arkadag' kutilganidek Axal maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi (3:0). 13 turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etgan Arkadag' eng yaqin taqibchisidan 11 ochko ilgarilab ketgan.

 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia