

QOZOG'ISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – Turon)

Qozog'iston chempionatida 7-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Ulitau – Qayrat – 1:4
Jenis – Aktobe – 0:1
Atirau – Ordabasi – 1:2
Turon – Jetisu – 0:0
Qaysar – Astana – 1:1
Elimay – O'qjetpes – 0:2
Tobol – Qiziljar – 2:1
Turnir jadvalida sakkiztadan o'yin o'tkazgan Qayrat birinchi, Astana ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev va Astana hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.
8-tur o'yinlari 10–11 may kunlari o'tkaziladi:
10 may
Qiziljar – Ulitau
Qayrat – Jenis
Turon – Atirau
Astana – Tobol
11 may
Jetisu – O'qjetpes
Ordabasi – Qaysar
Aktobe – Elimay.
TOJIKISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikiston chempionatida navbatdagi tur o'yinlari ortda qoldi. Istiqlol mazkur turda g'alaba qozonib, peshqadamlikka qaydgan bo'lsa, Vaxsh o'z maydonida ochko yo'qotdi. Navbatdagi tur o'yinlari 9–11 may kunlari o'tkaziladi.


QIRG'IZ RESPUBLIKASI
O'zbekistonlik futbolchilar
Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shSU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).
Qirg'iz Respublikasi chempionatida 8-tur o'yinlari ortda qoldi. Turnir jadvalida Muras Yunayted peshqadamlik qilmoqda. Bir ochko ortda borayotgan Alay eng yaqin taqibchi hisoblanadi. To'purarlar jadvalida Neftchi hujumchisi Eldar Moldojunusov 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Qirg'izoltin hujumchisi Nurbol Baktibekov hisobida 5, Dordoy yarim himoyachisi Vladislav Kobylyanskiyda 4 ta gol mavjud.
TURKMANISTON
Turkmaniston chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Arkadag' – Ahal – 3:1
Altyn Asir – Nebitchi – 1:0
Shagadam – Ashxobod – 1:0
Marv – Kopetdag – 0:1

Turnir jadvalida Arkadag' 6 o'yinda 18 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda. Ahal 8 o'yinda 18 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda. 10-tur o'yinlari 9 may kuniga rejalashtirilgan. Arkadag' – Altin Asir o'yini noma'lum muddatga qoldirildi. 
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.



