

QOZOG'ISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – Turon)

Qozog'iston chempionatida 6-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Okjetpes – Jenis – 1:1
Jetisu – Elimay – 0:3
Astana – Atirau – 2:1
Aktobe – Ulitau – 1:0
Qiziljar – Qaysar – 2:1
Ordabasi – Turon – 1:0
Qayrat – Tobol – 2:1
Turnir jadvalida bitta ko'p o'yin o'tkazgan Qayrat peshqadamlik qilmoqda. Uch klub esa yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar jadvalida Astana Marin Tomasov hujumchisi 5 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev va uning jamoadoshi Jorjino hisobida 4 tadan gol mavjud.
7-tur o'yinlari 3–4 may kunlari o'tkaziladi.
3 may
Ulitau – Qayrat
Atirau – Ordabasi
Jenis – Aktobe
Turon – Jetisu
4 may
Elimay – Okjetpes
Qaysar – Astana
Tobol – Qiziljar
TOJIKISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).
Tojikiston chempionatida 11-tur o'yinlari ortda qoldi. Amaldagi chempion va birinchi o'rinda borayotgan Istiqlol mazkur turda ochko yo'qotib, peshqadamlikni boy berdi. Safarda uch ochko qo'lga kiritgan Vaxsh to'plar nisbatiga ko'ra yetakchiga aylanib oldi.

To'purarlar jadvalida Ravshan hujumchisi Sheriddin Boboev 5 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Dmitro Bilonog, Nuriddin Hamroqulov va Azizbek Daliev hisobida 4 tadan gol mavjud.
QIRG'IZ RESPUBLIKASI
O'zbekistonlik futbolchilar
Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shSU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 7-tur o'yinlari ortda qoldi. Turnir jadvalida Muras Yunayted peshqadamlik qilmoqda. Amaldagi chempion Abdish-Ata 5-o'rinda bormoqda. To'purarlar jadvalida Neftchi hujumchisi Eldar Moldojunusov 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Qirg'izoltin hujumchisi Nurbol Baktibekov hisobida 5, Dordoy yarim himoyachisi Vladislav Kobylyanskiyda 4 ta gol mavjud. 8-tur uchrashuvlari 1–3 may kunlari o'tkaziladi.

TURKMANISTON
Turkmaniston chempionatida 8-tur o'yinlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Ashxabad – Altin Asir – 3:1
Marv – Shagadam – 1:1
Nebitchi – Ahal – 0:1
Kopetdag – Arkadag' – 1:3

Turnir jadvalida Ahal 7 o'yindan so'ng 18 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda. Amaldagi chempion Arkadag' 5 o'yinda 15 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda.
To'purarlar ro'yxatida Arkadag' hujumchisi Didar Durdiev 5 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Uning ikki jamoadoshi – Altimurod Annadurdiev va Begench Akmammedov hisobida 4 tadan gol mavjud.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.



