Marez: "Har uchrashuvdan oldin Raneri "Lester" futbolchilariga 5 ta so'z aytadi"

Aslanov Jasurbek
2 may 2016
"Lester" yarim himoyachisi Riyad Marez "tulkilar" ustozi Klaudio Raneri feli haqida so'zlab berdi.

"Odatda Raneri xotirjam va xazillashishimizga imkon beradi, o'zi ham kuldirib turadi. Ammo Klaudio "Nyukasl"ga qarshi bahsning birinchi bo'limidan so'ng umuman o'zgarib qolgandi. O'shanda u bizga baqirgan. Umuman olganda, murabbiymiz kulishni yoqtiradi. Raneri mashg'ulotlarda juda quvnoq, ammo uchrashuvga yaqin jiddiylashadi. U doimo o'yinga ko'proq e'tibor berishni so'raydi. Uning asosiy ustunligi - bahsdan oldin beshta so'z aytishi: Aqlli bo'lim, chunki sizlar "tulkisiz". Tulki Jazoirning timsollaridan biri" - deydi Marez.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe