Mareska "Chelsi"ning "Barselona"ga qarshi o'yini haqida: "Hujum va himoya o'rtasida to'g'ri muvozanatni topishimiz kerak"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Chempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan bir qator savollarga javob berdi.

"Bu muhim hafta. "Barselona"ga qarshi o'yin va yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi Premer-liga o'yini turli sabablarga ko'ra muhim, ammo biz har bir o'yinga alohida yondashishimiz zarur.

"Barselona"ning yuqori himoya chizig'i - muhim omil, ammo biz to'psiz ham ehtiyot bo'lib o'ynashimiz lozim. Ular har doim ko'p imkoniyatlar yaratadi va gol uradi. Biz hujum va himoya o'rtasida to'g'ri muvozanatni topishimiz kerak", – dedi Mareska.

"Chelsi" maydonidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com