

“Biz faqat jamoaning rivojlanish jarayonidan qoniqishimiz mumkin, xolos deb o'ylayman. Xalqaro arenada ushbu yilni yaxshi va guruh bosqichini yetakchi sifatida yakunlashga umid qilamiz”, - deydi Noyer.
Millatlar Ligasi yakuniga 1 tur qolgan bir vaqtda Germaniya o'z guruhida 9 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Ispaniya esa 8 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya-Germaniya uchrashuvi bugun tunda 00:45 da boshlanadi.



