Manel Martines: "Surxon"ga foydam tegishi uchun qattiq ter to'kaman"

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022, 21:33
Habaringiz bor, "Surxon" jamoasi o'z tarkibiga ispaniyalik futbolchi Manel Martinesni qushib oldi.

Biz endilikda Termiz klubi sharafini himoya qiladigan "Jirona" sobiq futbolchisining fikrlari bilan qiziqdik.

- "Surxon" jamoasiga transferingiz borasida fikrlaringiz?

- O'ylashimcha, bu men uchun yaxshi tajriba bo'ladi. Klub menga ishondi va men ham jamoaga foydam tegishi uchun qattiq ter to'kaman.

- Yangi jamoaga qo'shilishingizga sababchi bo'lgan inson kim?

- Anxel ("Surxon" bosh murabbiyi – tahr.) va uning jamoasi. Menga ularning loyihasi va oldiga quygan maqsadlari juda yoqdi. Ularning maqsadi – "Surxon" jamoasini kuchaytirib, O'zbekistondagi top-klublardan biri qilish.

- Ispaniyadan O'zbekistonga kelishingizga nima motivaciya berdi?

- Men O'zbekiston eng yukori ligasida o'ynab, nimalarga qodirligimni tekshirmoqchiman. 

- Yurtimizga kelishingizdan avval kim bilan maslahatlashdingiz?

- Men Anxel Lopes, Luismi Kezada va Serxio Rodriges bilan maslahatlashdim. Ular menga "Surxon" va O'zbekiston haqida iliq so'zlarni aytishdi.

- Siz "Surxon"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinini bevosita stadiondan kuzatdingiz. Superliga haqida birinchi taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- "Surxon"ning "Nasaf"ga qarshi o'yini menga juda yoqdi. "Nasaf" ajoyib jamoa ekan, ammo biz ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Hatto g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Uchqun Azimov suhbatlashdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia