Manchini Italiya terma jamoasini boshqarishga asosiy nomzod

Italiya futbol federatsiyasi komissarining yordamchisi Alessandro Kostakurtaning aytishicha, “Zenit” bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya terma jamoasini boshqarishga nomzod murabbiylar qatoridan joy olgan.

“Yaqinda biz muzokaralarga kirishamiz. Bu borada shoshayotganimiz yo'q, ammo bu masalani iloji boricha tezroq echishimiz lozim. Bosh jamoani boshqarishga nomzodlarning aksariyati men bilan birga elkama-elka to'p tepishgan. Manchini- shulardan biri”, deya Kostakurtaning fikrlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.


Manba: Football Italia